“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri davlat muassasasi

Klaster haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 330-sonli qarori asosida tashkil topgan davlat muassasasi boʻlib Respublika boʻyicha koʻprik qurilishiga ta'aluqli barcha ishlarni amalga oshiradi. 

KLASTER VAZIFALARI

Loyihalash

Temir-beton qurilmalarini ishlab chiqarish

Ta'mirlash va tiklash

Diagnostika ishlari

Klasterning maqsadi – avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni ta’mirlash hamda texnik soz holatda saqlash maqsadida “loyihalash – tiklash – ekspluatatsiya qilish” ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Klasterning asosiy vazifalari:

·       avtomobil yo‘llarida qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshirish;

·       ko‘prik va sun’iy inshootlarni muntazam ravishda shartnoma asosida diagnostika qilish, pasportlashtirish va texnik ko‘rikdan o‘tkazib borish;

·       diagnostika qilish natijalariga asosan aniqlanadigan avariya holatidagi ta’mirtalab ko‘prik va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish;

·       ko‘prik va sun’iy inshootlarni ta’mirlash hamda tiklash uchun zarur bo‘ladigan materiallarni, jumladan temir-beton qurilmalari va jihozlarni ishlab chiqarish;

·       umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni texnik soz holatda saqlash;

·       zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;

·       temir-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;

·       avtotransport, temir yo‘l transporti va boshqa transport vositalari bilan yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish;

·       o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilotlarga va fuqarolarga sotish;

·       temir yo‘l xizmatlarini, shu jumladan temir yo‘l yuk hovlisi xizmatlarini ko‘rsatish;

·       avtomobil transportida yo‘lovchi tashish;

·       noruda mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash va sotish;